Tirnoqlar organizmdagi kasalliklarga ishora qiladi

Light 20:25 / 04.07.2017 70202

Tirnoqlar insonning jismoniy salomatligiga doir ba'zi muammolarga ishora qilishi mumkin. Tirnoqlar orqali sog‘lig‘ingiz haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, ularning tabiiy rangi va shakliga e'tibor qaratish lozim. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida ma'lum qildi. 

Sarg‘ish tirnoqlar inson sog‘lig‘ida muammolar borligidan dalolat beradi. Bunday tirnoqlar o‘pka va jigar kasalliklari, shuningdek qandli diabetga ishora qiladi. Psevdomonad onixiya - Pseudomonas aeruginosa bakteriyasi natijasida yuzaga keladigan kamyob kasallik bo‘lib, suv yoki tuproqda yashaydi. Agar bakteriya tirnoq atrofiga o‘rnashgan bo‘lsa, tirnoq o‘sgach, u yashil-ko‘kish pigment hosil qiladi. 

Agar tirnoqlarda qora chiziqlar bo‘lsa, bular odatda melanoma, terining xavfli o‘simtasiga shubha uyg‘otadi. Tirnoqlardagi oq dog‘lar organizmga vitamin va mikroelementlar yetishmovchiligi natijasidir. 

Tirnoq plastinasi tuzilishining o‘zgarishiga qarab ham ba'zi belgilarni ilg‘ash mumkin. Tirnoqlardagi mayda chuqurchalar tirnoq psoriazi kabi teri kasalliklarining yuzaga kelishi ehtimolidan darak beradi. 

Ko‘proq yangiliklar: