Raqqada IShID jangarilari mudofaasi yorib o‘tildi

Jahon 10:05 / 04.07.2017 13610

«Suriya demokratik kuchlari» (SDF) AQSh boshchiligidagi koalitsiya ko‘magida Raqqaning eski shahar qismida jangarilar mudofaasini yorib o‘tdi. Bu haqda Reyter agentligi koalitsiyadagi manbaga asoslangan holda xabar bermoqda.

Agentlik xabariga ko‘ra, koalitsiya samolyotlari Rafiq devorining ikki qismida zarba bergan va bu quruqlikdagi kuchlar jangarilar mudofaasini yorib o‘tishiga imkon bergan. 

Raqqa shahri 2013 yildan buyon IShID nazoratida bo‘lib, bu jangarilarning Suriyadagi poytaxti hisoblanadi. Raqqani qaytarib olish uchun ittifoqchi kuchlar Reyter bir necha oydan beri qamalni davom ettirmoqda.

O‘tgan haftalarda IShIDning Iroqdagi markazi Mo‘sul ozod etilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: