Meksikada politsiya boshlig‘i va yana 10ga yaqin kishi o‘ldirib ketildi

Jahon 10:30 / 04.07.2017 32894

Meksikaning Ueuetlan-el-Grande viloyatida kamida 9 kishi qurolli hujum qurboniga aylangan. Bu haqda Informador xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, qurbonlar orasida mahalliy munitsipal politsiya boshlig‘i ham bor.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, banditlar uyga bostirib kirib, uning ichidagi odamlarni hovliga olib chiqqan va ota boshlagan. Ular besh kishini o‘zi bilan olib ketishgan, tez orada politsiya ularning jasadlarini topgan.

Mahalliy aholi vakillarining taxmin qilishicha, bu hodisa o‘g‘irlangan yoqilg‘i savdosi ishi bilan bog‘liq, o‘ldirilganlar jinoyatchilar bilan aloqada bo‘lgan.

May oyida Meksikada 5 politsiyachi qurolli hujum qurboniga aylangandi.

Ko‘proq yangiliklar: