Hindistondan xushxabar! Muxlisaxon 8,5 soatlik operatsiyadan kutilganidan-da a'lo chiqdi

Jamiyat 22:07 / 03.07.2017 50441

Bugun, 3 iyul kuni xondrodistrofiya kasalligidan aziyat chekayotgan 14 yoshli Muxlisa Karimjonova jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik.

Suratda bemor Muxlisa Karimjonova va hindistonlik tarjimon Saifxon

"Kun.uz"ga berilgan xabarga ko‘ra, jarrohlik amaliyoti kutilganidan-da muvaffaqiyatli yakunlangan, Muxlisa o‘zini yaxshi his qilmoqda. Qizning onasi aytishicha, u 8,5 soat mobaynida operatsiya qilingan.

Feruza opaning ma'lum qilishicha, Hindistonda ularga Saifxon ismli tarjimon yigit yaqindan yordam bermoqda. U Hindistonda tarjimon yordami kerak bo‘lgan insonlarga  yordamga shay ekani aytilgan. 

Hindistondan shifo izlab borganlar uchun Saifxonning telefon raqamlari bilan bo‘lishishga qaror qildik: +919911419516. 

Saifxon barcha kasalliklar, jumladan jigar, onkologik, oq qon, buyrak kasalliklari bo‘yicha qo‘ldan kelgan yordamini ayamaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: