Atlantadan Floridaga parvoz qilayotgan aviayo‘lovchilar "suv ostida qolishdi"

Jahon 21:47 / 03.07.2017 13900

Amerikaning Delta Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchilari samolyot salonidagi nosozlik tufayli "suv ostida qolishdi". 30 iyun, juma kuni ro‘y bergan voqea videosi Twitter foydalanuvchisi Tommi Makkalou tomonidan taqdim etilgan

Video muallifi ota-onasi bilan Atlanta (Jorjiya shtati)dan Floridaga parvoz qilayotgan bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, yo‘lovchilar salondagi nosozlikni parvozga start berilishidan oldin sezishgan. Ular bu haqida bort kuzatuvchilariga xabar berishgan, biroq hech qanday chora ko‘rilmagan. 

Natijada bir necha sayyoh, shu jumladan Makkalouning otasi ham butun parvoz davomida "suv tomchilari ostida" ketishlariga to‘g‘ri kelgan. Bort kuzatuvchilari faqat qo‘nish oldidangina vaziyatni to‘g‘irlashga urinishgan. 

Makkalouning so‘zlariga ko‘ra, dastlab Amerika tashuvchisi uning otasiga 100 dollarlik vaucher taqdim etgan, voqea OAVda tarqala boshlagach esa, kompensatsiya to‘lovini ikki barobarga oshirgan. 

Delta Airlines uch jihat (flot ko‘lami, yo‘lovchilar soni, yo‘nalishlar soni) bo‘yicha dunyoning eng yirik aviakompaniyasi hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: