Sheremetevo aeroportiga qo‘nmoqchi bo‘lgan uchta samolyotni yashin urdi

Jahon 15:29 / 01.07.2017 11981

30 iyun kuni Moskva shahridagi momaqaldiroq vaqtida uchta samolyotni Sheremetevo aeroportiga qo‘nishi vaqtida yashin urgan. Bu haqda aviadispetcherlik xizmatlaridagi manba xabar berdi, deya ma'lum qilmoqda «Interfaks».

«Hodisa kecha Moskva vaqti bilan soat 15:00 va 17:00lar oralig‘ida ro‘y berdi. Vladivostok va Pxuketdan Moskvaga uchib kelayotgan ikkita Airbus samolyoti ekipaji hamda Blagoveshenskdan parvoz qilgan Boeing layneri uchuvchilari atmosfera elektr razryadi orqali zarba kelib tushganini xabar berishdi», - degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha uchta samolyot muvaffaqiyatli qo‘ngan, hech kim jabrlanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: