Avakov Ukrainada hokimiyatni kuch bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rishda ayblandi

Jahon 12:35 / 30.06.2017 9366

Ukraina Oliy radasining “Pyotr Poroshenko bloki” fraksiyasidan deputat Sergey Leshenkoning ma'lum qilishicha, Ukraina IIV rahbari Arsen Avakov hokimiyatni kuch bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U bu haqda ZIK telekanali efirida aytgan.

«Arsen Avakov jamoasi barcha ssenariylarga tayyorgarlik ko‘rmoqda, jumladan hokimiyatni egallashga ham. Ichki ishlar vazirining o‘zi bosh vazir bo‘lishga tayyorlanmoqda. Sir emaski, Avakovning vizasisiz hukumat qaror qabul qilmaydi. Bundan tashqari, u “Xalq frontidan” ishlovchi vazirlarni “kuzatib turuvchi” hisoblanadi», - deya ma'lum qilgan Leshenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Avakovning atrofida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlarga tayyor «yarim jinoiy guruh» tashkil topgan. «Bu tele va radioefirda hamma haqida barcha narsani biluvchi Anton Gerashenko. Zoran Shkiryak ham jamoaga kiradi. U ommaga ko‘proq ma'lum. Bundan tashqari, Avakovda kuch bo‘linmalari bor. Ular Ilya Kiva, Yevgeniy Deydey – har ikkisi avval sudlangan», - degan parlamentariy. Uning ta'kidlashicha, IIV rahbari tarafdorlari orasida jinoyat dunyosida nufuzga ega bo‘lgan Sasha Braslet, tadbirkor va siyosatchi Igor Kotvitskiy ham bor.

Arsen Avakov to‘ntarishga urinishda birinchi marotaba gumon qilinayotgani yo‘q. Masalan, 2016 yilning dekabrida Oliy rada sobiq deputati Oleg Tsarev IIV rahbarini mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoni hokimiyatdan chetlatish istagida ekanida aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari lavozimini sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk egallashi mumkin, unga IIV rahbari bilan birga Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Turchinov hamda Oliy rada spikeri Andrey Parubiy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekani iddao qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: