Yaponiya AQShga 60 ta samolyotni mamlakat hududida joylashtirishga ruxsat berdi

Jahon 14:32 / 30.06.2017 6874

Yaponiyaning Yamaguta prefekturasi hukumati AQShga Ivakuni bazasida 61 ta samolyotni joylashtirishga ruxsat berdi. Bu haqda The Mainichi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, gubernator Tsugumasa Muraoka shunday qarorni e'lon qildi.

Joylashtirish iyulda boshlanadi va 2018 yilning mayiga qadar yakunlanadi. Bu yer AQShning Osiyo shimoli-sharqida joylashtirilgan aviatsiya soni bo‘yicha eng yirik bazalaridan biriga aylanadi (taxminan 120 ta samolyot).

Ivakuni hokimi Yoshiko Fukudaning so‘zlariga ko‘ra, u bu qarorni KXDR tufayli keskinlik ortib borayotgani sabab qo‘llab-quvvatlagan.

Ko‘proq yangiliklar: