AQSh Tayvanga 1,4 mlrd dollarlik qurol sotadi. “Yagona Xitoy” siyosatidan voz kechildimi?

Jahon 08:14 / 30.06.2017 7001

AQSh Tayvanga 1,4 mlrd dollarlik qurol sotadi, biroq “yagona Xitoy” siyosatidan voz kechmaydi. Bu haqda davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauert jurnalistlarga ma'lum qildi.

Gap Tayvan va Donald Tramp amaldagi ma'muriyati o‘rtasidagi birinchi shunday kelishuv haqida bormoqda.

"Ma'muriyat kongressni qiymati taxminan 1,4 mlrd dollar bo‘lgan yettita shartnoma haqida xabardor etdi", - dedi Nauert. "Biroq shuni ta'kidlab o‘tishimiz kerakki, bizning “yagona Xitoy” siyosatimiz o‘zgarmaydi. Bu yerda siyosatning meros sifatida o‘tishi bor, AQSh Tayvanga taxminan 15 yil davomida mudofaa texnologiyalarini sotadi", - dedi Nauert.

XXR markaziy hukumati va orol viloyat o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar 1949 yilda to‘xtagan. Bu Gomindanning Chan Kayshi boshchiligidagi kuchlari Xitoy kommunistik partiyasi bilan fuqarolik urushida mag‘lub bo‘lgach, Tayvanga o‘tib ketgani tufayli yuz bergan. Tayvan va Xitoy o‘rtasidagi amaliy va norasmiy aloqalar 1980-yillar oxirlarida tiklangan. 1990-yillar boshidan esa tomonlar nodavlat tashkilotlari orqali aloqada bo‘lib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: