Ronaldu egizak farzandli bo‘lganini tasdiqladi

Sport 11:33 / 29.06.2017 13734

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konfederatsiyalar kubogi-2017 turnirida uchinchi o‘rin uchun uchrashuvda ishtirok etmaydi. Marca nashrining xabar berishicha, murabbiylar shtabi Madridning «Real» jamoasi futbolchisiga o‘zining yangi tug‘ilgan farzandlarini ko‘rish uchun jo‘nab ketishga ruxsat bergan.

«Men terma o‘yinlariga bor diqqatni jamladim, bu hattoki ikki nafar farzandim dunyoga kelganini bilganimdan so‘ng ham davom etdi. Afsuski, musobaqadagi bosh maqsadga erisha olmadik, biroq, ishonchim komilki, portugaliyalik ishqibozlarga quvonch taqdim etishda davom etamiz. Farzandlarimizni ilk bora ko‘rishimdan juda xursand bo‘laman», - deya yozdi Krishtianu «Feysbuk»dagi sahifasida.

11 iyun kuni Krishtianu Ronaldu egizak farzandli bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya Konfederatsiyalar kubogi-2017 yarim finalida Chiliga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. Yakshanba kuni Fernandu Santush shogirdlari turnirdagi oxirgi uchrashuvda Germaniya va Meksika terma jamoalari uchrashuvida mag‘lub bo‘lgan jamoaga qarshi uchinchi o‘rin uchun o‘ynaydi.

Ko‘proq yangiliklar: