Poroshenko Qrimning konstitutsiyadagi maqomini o‘zgartirmoqchi

Jahon 14:59 / 29.06.2017 10185

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrim maqomini o‘zgartirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “Pyatyy kanal”ga Radikal partiyadan Rada deputati va konstitutsiyaviy komissiya a'zosi Yuriy Chijmar ma'lum qildi.

«Bugungi kunga kelsak, biz faqatgina Qrim maqomi bo‘yicha ishlamoqdamiz, sababi bugungi kunda Qrim Muxtor Respublikasi unitar mamlakat tarkibida bo‘lmasligini tushunib yetdik», - deya ma'lum qilgan Chijmar.

May oyida prezident ma'muriyati Qrim va qrim tatarlariga nisbatan konstitutsiyani o‘zgartirishni muhokama qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: