Oq uy: CNN ishi jurnalistika uchun sharmandalik

Jahon 16:06 / 28.06.2017 9726

Oq uy rasmiy vakili Sara Sanders CNN prodyuseri Jon Bonifild fikrini “jurnalistika uchun sharmandalik” deb atadi. U AQSh prezidenti Donald Trampning “Rossiya bilan aloqalari” to‘g‘risidagi xabarlarga muxbirlar tomonidan reytinglarni oshirish maqsadida atayin juda katta e'tibor berib yuborilganini tan olgan.

Bu haqda InoTV Time’ga asosan yozmoqda.

Sanders barcha amerikaliklarni konservatorlar safidagi fitnachi tomonidan internetda e'lon qilingan videorolikni tomosha qilishga chaqirdi. Videoda CNN prodyuseri telekanal tomonidan prezident Donald Trampning Rossiya bilan aloqalari yoritilishi borasida izoh berdi.

Oq uydagi brifing davomida Sara Sanders prodyuser Jon Bonifildning fikrlarini “jurnalistika uchun sharmandalik” deb atadi.

Project Veritas’dan bo‘lgan Jyeyms O’Kif yashirin kameraga olgan videoda, Bonifild bu xabarlar reytinglarga ijobiy ta'sir ko‘rsatgani uchun keng yoritilganini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: