Kanadalik hamshira bemorlarni o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

Jamiyat 00:41 / 28.06.2017 10700

Avvalroq 50 yoshli kanadalik sobiq hamshira Elizabet Vettlaufer parvarishlashi kerak bo‘lgan keksa bemorlarni o‘ldirganini tan olgandi. Qotilliklarning barchasida u insulindan foydalangan. Hamshiraga hammasi bo‘lib Kanadaning Ontario viloyatida sodir etilgan 14 ta qotillik va qotillikka urinish ayblovi qo‘yilgandi. U shu qotilliklardan 8 tasini sodir etganini tan olgandi.

Butun Kanada va ko‘pchilik amerikaliklar kuzatib borgan sud jarayonida "qotil hamshira" 4 ta qotillikka urinish va og‘ir oqibatlarga olib kelgan 2 ta hujumda aybdor deb topildi. Sudya Elizabetni 25 yil ichida afv etilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi.   

Guardian nashrining xabar berishicha, ayol barcha 14 ta jinoyatni hamshira bo‘lib ishlagan Ontario viloyatidagi uchta qariyalar tibbiyot markazida hamda qurbonlardan biri qarindoshlarining uyida oxirgi 10 yil ichida – 2007-2016 yillar davomida sodir etgan.

Ko‘proq yangiliklar: