Hindistonning eng yirik konteyner porti yangi virus kiberhujumiga uchradi

Fan-texnika 09:53 / 28.06.2017 5184

Hindistonning Mumbay shahridagi Javaharlal Neru nomidagi eng yirik konteyter porti ishida Petya virusi kiberhujumidan so‘ng nosozlik ro‘y berdi. Bu haqda Times of India xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, hujum natijasida portning Gateway Terminals India uchta konteyner terminalidan biridagi yuk oqimini kompyuter orqali boshqarish tizimi ishdan chiqdi.

Terminal rahbariyati ishni qo‘lda boshqarishga o‘tkazish harakatida.

Avvalroq butun dunyo kompyuterlariga yangicha virus orqali hujum qilingani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: