Avstraliyada yengil samolyot qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Jahon 08:57 / 28.06.2017 2091

Avstraliya janubida yengil motorli samolyot falokatga uchrashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda Sky News Australia telekanali xabar berdi

Politsiyada ma'lum qilinishicha, Tobago rusumidagi samolyot Janubiy Avstraliya shtatidagi Mount Gambier aeroporti yaqinida qulagan. Voqea joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelgan. Samolyot falokatga uchrashining sabablari hali noma'lum. 

9News telekanalining ma'lum qilishicha, samolyot aeroportdan 5 km uzoqlikda Gambiyer tog‘ida falokatga uchragan. Voqea 28 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 larda yuz bergan.

Ko‘proq yangiliklar: