Pentagon: Eron Suriyada qoidalarga zid o‘ynamoqda

Jahon 09:13 / 28.06.2017 6448

AQShning fikricha, Eron Suriyada “qoidalarga zid o‘ynamoqda”, biroq, Rossiya Tehronga islom respublikasi hukumati qarorlariga ta'sir ko‘rsatish bo‘yicha ish olib borgan. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis jurnalistlarga ma'lum qildi.

"Ha, eronliklar qoidalarga zid o‘ynamoqda. Bizning fikrcha, ruslar ularni vaqti-vaqti bilan qandaydir ishlarni qilish qarorini qayta o‘zgartirish harakatida bo‘lgan", - deya ma'lum qildi Mettis.

U Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi eronlik ko‘ngillilar bilan mojarodan xavfsirayotgani yo‘qmi, degan savolga: “Yo‘q, agarda eronlik ko‘ngillilar bizga hujum qilmasa” deya javob qaytardi. Pentagon rahbarining Yevropaga parvoz qilayotgan samolyot bortidan bergan bayonotini Amerika harbiy mahkamasi matbuot xizmati tarqatdi.

Ko‘proq yangiliklar: