O‘zbekistonda bir kishiga beriladigan sim-kartalar soni cheklanadi

O‘zbekiston 17:32 / 27.06.2017 62611

Yuridik shaxslar bir mobil operatordan beshta va undan ortiq raqamni olish uchun bu ehtiyojni yozma tarzda asoslab berishlari kerak bo‘ladi. Bu normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida joylashtirilgan mobil operatorlar uchun yangi qoidalarda ko‘zda tutilgan.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, beshta va undan ortiq raqamlariga ega bo‘lgan abonent – jismoniy shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzish ushbu operatorning xizmat ko‘rsatish punktlarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, shartnoma faqatgina ehtimoliy abonent shaxsan kelganida va u tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda tuziladi. Muqobil variant sifatida pasportning asli va ishonchnoma taqdim etgan vakil bilan ham shartnoma tuzilishi mumkin.

Yangi qoidalar telefon suhbatlari va telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiluvchi boshqa xabarlarning maxfiyligini saqlab qolishni nazarda tutadi. Operator va diler abonent haqidagi ma'lumotni, uning roziligisiz tarqatishga haqi yo‘q. Bunda qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar istisnodir.

Ko‘proq yangiliklar: