Ronaldu kelajagi masalasini yaxshilab o‘ylab olmoqchi

Sport 15:25 / 27.06.2017 11453

«Lill» klubi sport direktori, avval Madridning «Real» klubida transfer masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida ishlagan Luis Kampos Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat xususida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Portugaliyalik 32 yoshli futbolchi shu oy davomida soliqchilar va prokuratura ayblovlari tufayli Ispaniyani butunlay tark etishi haqida xabarlar tarqaldi. Futbolchi «Real» o‘zini yetarlicha qo‘llamayotgani tufayli shunday qarorga kelgani aytildi.

«U menga aytdiki, unga yaxshilab o‘ylab olish uchun bir necha kun kerak. Bu normal holat. «Real» bilan bog‘liq vaziyat anchayin tang, ammo bu vaziyat chegaradan chiqqan degani emas. O‘ylaymanki, Krishtianuda yakuniy qarorini qabul qilish uchun yetarlicha vaqt bor. U to‘g‘ri qaror qabul qilsa kerak.

U bilan shu haftada gaplashdim. Ha, u ancha xafa bo‘lgan. Vaziyat uni izdan chiqargan. Krishtianu – futboldan boshqa narsalarga chalg‘ishni istamaydigan va faqat futbol haqida o‘ylashni istaydigan futbolchidir. 

Umuman olganda, Ronaldu o‘ziga bildirilayotgan ayblovlardan hayron. Unga o‘zi haqidagi bunday xabarlarni o‘qish juda yoqimsiz. U xotirjamlikni istaydi, hozir esa u qiyin davrni boshdan kechirmoqda» – deya davom etgan Luis Kampos.

«Men qanday pozitsiyadanmi? Menimcha, dunyoning eng kuchli futbolchisi dunyoning eng yaxshi klubida to‘p suradi. Men shunday fikrda qat'iyman. Menimcha, «Real»dagilar Ronaldu qanchalar muhimligini yaxshi bilishadi. Buni futbolchining o‘zi ham buni yaxshi tushunadi», – deya «Lill» sport direktori so‘zlarini keltirgan ESPN.

Ko‘proq yangiliklar: