Ispaniyada samolyot «Pejo» avtomobiliga kelib urildi

Jahon 15:52 / 27.06.2017 7750

Ispaniyaning Alikante-Elche aeroporti hududida Airbus A320 yo‘lovchi samolyoti va Peugeot 207 hetchbeki ishtirokida ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi. Daily Mail’ning xabar berishicha, avtomobil Vueling aviakompaniyasi layneriga uchish yo‘lagiga qayrilish chog‘ida xalaqit bergan.

Bortida 153 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Rimga reysni amalga oshirishi kerak edi, biroq to‘xtatib qo‘yilgan avtomobilga kelib urilgan va dvigatellaridan biriga zarar yetkazgan. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi.

Yo‘lovchilar samolyotdan olindi, ularning bari yetti soatdan so‘ng boshqa reys bilan uchib ketishgan.

Vueling kompaniyasi uzr so‘radi. Uchuvchilar esa samolyotlar yonida umuman turishi kerak bo‘lmagan mashinani ko‘rishmagan.

Avtomobilni uchish-qo‘nish yo‘lagida qoldirgan kishi jiddiy jarimaga tortiladi. Ehtimol, u samolyotga yetkazilgan zararni qoplab berishi lozim bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: