AQSh Hindistonga 366 mln dollarlik qurol-aslaha yetkazib beradi

Jahon 23:26 / 27.06.2017 5641

AQSh Hindiston bilan 366 mln dollarlik harbiy shartnoma imzoladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Bitimga ko‘ra, Vashington Hindistonga S-17 harbiy-transport samolyoti va 4 ta aviatsion dvigatel yetkazib beradi. Qurol-aslaha shuningdek radioelektron bostirish vositalarini tashlash tizimi, raketa hujumidan ogohlantirish tizimi hamda radio javobbergichlarni o‘z ichiga oladi.

The Independent nashri ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh davlat departamenti ushbu bitimni AQSh prezidenti Donald Tramp va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining uchrashuvi vaqtida ma'qullagan.

Boeing C-17 Globemaster III strategik harbiy-transport samolyoti bo‘lib, bunday turdagi samolyotlar Hindistonga 2013 yilda yetkazib berila boshlangan.

Ko‘proq yangiliklar: