Poroshenko: Rossiya Ukrainadan “Shimoliy oqim-2” orqali qasos olmoqchi

Jahon 11:21 / 26.06.2017 16822

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Rossiya “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini Kiyevga, Stokholm arbitrajining “Naftogaz” va “Gazprom” o‘rtasidagi bahsda ukrainalar kompaniyasi tarafini olgani uchun qasd qilib qurmoqda.

Siyosatchining Ukraina telekanallariga bergan intervyusida ta'kidlashicha, loyiha na iqtisodiy, na energetik maqsadlarga ega. Qayd etilishicha, u “Ukraina uchun favqulodda jiddiy tahdiddir”.

“Maqsad – Ukrainani tranzit uchun oluvchi ikki milliard dollardan mahrum qilish. Bu Stokholm uchun qasos olish, bu korrupsiyaga qarshi qat'iy islohotlar uchun qasos”, - deya Poroshenkoning so‘zlarini keltiradi Zn.ua.

Bundan tashqari, uning xabar berishicha, AQSh Ukrainani to‘la qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatib berdi.

Ma'lumot uchun, “Shimoliy oqim-2” loyihasi Rossiyadan Boltiq dengizi orqali Germaniyagacha yiliga 55 mlrd kubometr gazni o‘tkazish quvvatiga ega ikkita gaz quvuri tarmog‘ini qurishni nazarda tutadi.

Ko‘proq yangiliklar: