Mashhur rassom Salvador Dalining jasad qoldiqlari eksgumatsiya qilinadi

Jahon 18:51 / 26.06.2017 10857

Ispaniyalik mashhur rassom Salvador Dalining jasadi eksgumatsiya qilinadi (murdani sud-meditsina ekspertizasi uchun kavlab olish). Bu haqda BBC News dushanba kuni xabar berdi.

Ispaniya sudi rassomning jasad qoldiqlarini otalikka test o‘tkazish uchun kavlab olish haqida qaror chiqardi.

Ta'kidlanishicha, bunday qarorga Dalining tahlil uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan shaxsiy buyumlaridan birontasi saqlab qolinmagani tufayli kelingan.

Dalining qizi sifatida hisoblanish, shuningdek, uning merosiga folbin ayol Pilar Abel da'vogarlik qilmoqda. 59 yoshli ayol 2015 yilning martida sudga ariza yuborgan.

Uning iddao etishicha, onasi Antonia Martinez de Aro rassom bilan 1955 yilda birga bo‘lgan.

Javobgar sifatida esa rassomning ijodiy merosi egalariga aylangan Ispaniya Qirolligi va Salvador Dali jamg‘armasi ishtirok etadi.

Dali 1989 yilda vafot etgan. U syurrealizm (o‘tgan asr burjua adabiyoti va san'atidagi ijodda aql-idrok va tajriba rolini inkor qiladigan o‘ta formalistik oqimlardan biri) yo‘nalishidagi eng muhim shaxslardan biridir. Rassomning Ispaniya tomonidan meros qilib olingan suratlari 325 million yevroga baholanadi.

Ko‘proq yangiliklar: