Kanadada bir million kilometrdan ko‘proq yo‘l bosgan Porsche 911 topildi

Fan-texnika 20:08 / 26.06.2017 15251

Kanadada 1 150 000 kilometrdan ko‘proq yo‘l bosib o‘tgan Porsche 911 Turbo (930) topildi. Avtomobil 1976 yilda sotib olingandan beri bir odamga tegishli bo‘lgan. U sportkardan kundalik yumushlar uchun foydalangan. Bu haqdagi kichik lavha markaning YouTube-kanalida joylashtirildi.

Avtomobil gilamlarni yuvish firmasini boshqaradigan Bill MakIchekran ismli shaxsga tegishli. Uning aytishicha, u mijozlar bilan istalgan uchrashuvga, hattoki gilamdagi kichkina dog‘ni ko‘rish uchun ham mamnuniyat bilan borishga tayyor, chunki bu unga "Porshe"siga o‘tirishga yana bir sabab bo‘ladi. 

2016 yil oxirida AQShda 1960 yilda ishlab chiqarilgan va 1,6 mln km dan ko‘proq yo‘l bosib o‘tgan Porsche 356 topilgandi. Bu avtomobil egasi undan muntazam foydalanadi va mashina hanuzgacha yaxshi texnik holatga ega.

1975 yildan 1977 yilgacha ishlab chiqarilgan Porsche 930 3 litrli, 6 silindrli hamda havo bilan sovitiladigan turbomotor va 4 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Dvigatel 260 ot kuchi bera olgan. 1978 yildan kompaniya bu dvigatelni 300 ot kuchi beruvchi 3,3 litrli dvigatel bilan almashtirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: