AQShning Arkanzas shtatida 32 yil avval qamoqdan qochib ketgan mahbus ushlandi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
Stiven Dishman ismli bu qochoq shtatning shimolidagi Springdeylda qo‘lga olindi. U o‘g‘irlik uchun 7 yillik qamoq jazoni o‘tayotgan Linkoln okrugi qamog‘idan 1985 yil may oyida qochishga muvaffaq bo‘lgan. Telekanalning ta'kidlashicha, Dishman unga chiqarilgan jazo hukmi kuchga kirgandan 3 yil o‘tib, ya'ni 1987 yilda shartli-muddatdan avval ozodlikka chiqish huquqiga ega bo‘lgandi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari Dishmanning qayerda ekanligini qanday bilishgani tafsilotlari oshkor etilmagan. Qochoq jazo muddatining qolgan qismini o‘tash uchun qamoqqa olinadi. Prokuratura shuningdek Dishmanga qochgani uchun jazo muddati oshirilishi kerak-kerakmasligi borasida qaror chiqaradi.