Saxovat qilishga imkoni bo‘lib, qilmagan odamni Alloh malomat qiladi

Jamiyat 21:39 / 25.06.2017 29823

Kun.uz’ning “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida din ulamolari bilan olib borilayotgan fayzli suhbatlarni davom ettirgan holda galdagi mehmonimiz Toshkent shahridagi "Novza" jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin qori Hamroqulov bo‘ldi.

Biz u kishi bilan xayr-ehson va saxovat, bu ishlar orqali keladigan ulug‘ savoblar haqida suhbatlashdik.

“Saxovat mavzusi bugunning dolzarb mavzusidir. Buning o‘ziga xos sabablari mavjud. Biz xayr-ehson va saxovat tushunchalarini juda tor ma'noda anglaydigan bo‘lib qolganmiz. Xususan, moddiy ma'noda, ya'ni “puli to‘lib-toshib ketgan odam saxovat qilishi kerak-da”, degan noto‘g‘ri tushunchaga ba'zi odamlar tushib qolmoqda. Aslida, dinimizda bu tushunchalarning asl mohiyati o‘zgacha tushuntiriladi. 

Birinchidan, “saxovat” so‘zining lug‘aviy ma'nosiga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, u “saxiylik”, “jo‘mardlik”, “oliyjanoblik”, “himmatlilik” degan ma'nolarni o‘zida mujassam etgan. E'tibor berib qaralsa, bu tushunchalarning barchasi inson tomonidan sodir etiladigan xatti-harakatlarda mujassamlashgan. 

Saxovatli bo‘lishga Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning o‘zlari yorqin namuna bo‘la oladilar. U kishi dini, irqi, millati, umuman kelib chiqishidan qat'i nazar, odamlarga doim mehr-muruvvatli va xayr-saxovatli bo‘lganlar. 

Saxovat odoblariga kiradigan amallardan biri shuki, u avvalo ahli oilaga, so‘ngra esa qarindosh-urug‘ va qo‘ni-qo‘shniga qilinadi. So‘ngra boshqa odamlarga beriladi. Shuning uchun bizning Xanafiy mazhabimizda Ramazon oyida qilinadigan zakot berish ibodati ham birinchi unga ehtiyoji bor qarindoshlardan boshlanadi.

Jaloliddin qori Hamroqulov bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida saxovat qilishda amal qilinadigan odoblar, bu borada Payg‘ambarimiz (s.a.v) hadislari so‘zlandi, ulardan zarur o‘rnak olindi.

Ko‘proq yangiliklar: