O‘zbekiston haftaligi: Prezidentning vodiy safari, ovozasi chiqqan 11 yillik ta'lim, o‘zbeklar halok bo‘lgan baxtsiz hodisa va boshqa xabarlar

Jahon 22:41 / 25.06.2017 55315

Hafta davomida O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqealar va yangiliklar Kun.uz dayjestida eslatib o‘tiladi.

Prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 22 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.  

Prezident mazkur safari davomida Farg‘ona asalarichilik ishlab chiqarish o‘quv markazida bo‘ldi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona tumanidagi “Mindonobod agrosanoat” agrofirmasiga tashrif buyurib, viloyat qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Ushbu tashrif davomida Marg‘ilonda O‘zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov haykali qad ko‘tarishi aytib o‘tildi.

23 iyun kuni Prezidentning Farg‘ona viloyatiga safari davom etdi. Davlat rahbari shu kuni Farg‘ona shahridagi kichik sanoat zonasida bo‘ldi.  Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi Nuroniylar maskanida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Xalqaro press klubda o‘tkazilgan anjumanlar

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi ShHT sammiti yakunlariga bag‘ishlandi. Unda so‘zga chiqqan Oliy Majlis Senatining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ShHT - keng mintaqa xalqlarining yuzaga kelgan muammolarga nisbatan mushtarak javobi ekanligini ta'kidladi.

Toshkentdagi Xalqaro Press-klubda sport olami, O‘zbekistonda sportni rivojlantirish, Olimpiya harakati va xususan futbol mavzusiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston sentabrgacha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadimi, degan savolga O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Sardor Rahmatullayev javob berdi.  Bundan tashqari, mazkur anjumanda Samvel Babayan haqida to‘xtalinar ekan O‘FF xodimi terma jamoa bosh murabbiyining qochib yurganini tan oldi. Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash qo‘mitasi raisi Ahrol Inoyatov ham o‘zbek futboli haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Lavozimiy o‘zgarishlar

Sho‘rchi tumani hokimi xalq bilan ishlay olmagani uchun ishdan olindi

Qoraqalpoq davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘zgardi. Shu bilan birga raisning Savdo-sanoat palatasidagi o‘rinbosarlari tanishtirildi.

Davlat boshqaruvi Akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

Markaziy bank raisi o‘rinbosari tayinlandi

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasiga rais tasdiqlandi

Jizzax viloyati hokimining yangi o‘rinbosarlari tayinlandi

IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Prezident qarori bilan bir qator vazirlar va qo‘mitalar raislari o‘rinbosarlari tayinlandi

Texnologiya

Transport to‘lovini avtomatlashtiruvchi dasturiy kompleksning ikkinchi avlodi ishlab chiqarildi

Mobil operatorlar 2018 yilning 1 iyulidan boshlab so‘mdagi tariflarga butunlay o‘tishi mumkin

O‘zbek olimlari tomonidan yangi ozonator yaratildi 

UZMOBILE «ZiyoNet» tarmog‘i resurslariga imtiyozli ulanish imkoniyatini taqdim etadi

Sport xabarlari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining sobiq murabbiylari Samvel Babayanning faoliyatiga nisbatan o‘z munosabatlarini bildirishdi. Rauf Inileyevning fikricha, Babayan eng kuchli tarkib haqida gapirganda ancha shoshilgan. «Men esa mutlaqo boshqacha fikrdaman», deb ta'kidladi Vadim Abramov Babayanga qarshi fikr bildirar ekan.

Oliy Liga uchrashuvlari internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi

O‘zbekiston MTJ Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar oldidan uchta o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvi o‘tkazmoqchi

«Paxtakor» Arveladzeni yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirdi. Bu jyentlmen aslida kim?  Shuningdek, Marko Simich «Paxtakor» bilan 2,5 yillik shartnoma tuzdi.  Bundan tashqari, «Liverpul»ning sobiq futbolchisi «Paxtakor»ga o‘tishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning boshqa jabhalarida

22 iyun kuni soat 10:20 da Samara—Chimkent trassasining 946-kilometrida, Qorabutoq posyolkasidan 20 kilometr uzoqda ikki qavatli Mercedes avtobusi ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi (O‘zbekiston fuqarolari), 18 kishi kasalxonaga yetkazildi (17 nafar O‘zbekiston fuqarosi va bir nafar Qozog‘iston fuqarosi). 25 kishiga hodisa joyida yordam ko‘rsatildi. YTH tufayli halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e'lon qilindi.  So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar haqidagi ma'lumotlar ularning qarindoshlariga yetkaziladi.  24 iyun kuni Qozog‘istondagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

Biogaz qurilmalarini joriy etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

Yaponiya vizasini olish uchun ariza berish tartibi soddalashtirildi

Mirziyoyev Rossiya bilan migratsiya bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

O‘zbekistonning “Kvarts” AJ jahonning nufuzli tanlovlarida g‘olib bo‘ldi

Abituriyentlar diqqatiga: Qo‘shimcha kontrakt narxlari tasdiqlandi

Mirziyoyev YeTTB bilan doiraviy bitimni tasdiqladi

MXX 2 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalarini yoqib yubordi

Qiziqarli maqolalar

Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejiga yangi o‘quv yili uchun qabul bo‘ladimi?

«Valyuta bozorini erkinlashtirish bilan qo‘rqitish kerak emas»

Xususiy tibbiy klinikalar mashinasi nega jarimaga tortilmoqda?

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari «aqlli» bo‘ladi

“Bilib qo‘y, mazang qochadi...” (Jurnalistning boshidan kechirganlari)

Yo‘qotilgan avlod yoxud 11 yillik ta'lim tizimi atrofida kechgan o‘ylar

Aks-sado: “Kollejlarda o‘qigan avlod yo‘qotildi”, deyish ko‘r-ko‘rona hukm qilishdir

Ko‘proq yangiliklar: