Turkiyada uch yangi aeroport quriladi

Jahon 17:06 / 25.06.2017 7760

Turkiya hukumati mamlakat aeroportlari tarmog‘ini kengaytirmoqchi. Bu haqida transport, kemasozlik va aloqa ishlari vaziri Ahmad Arslonning so‘zlariga asoslanib, "Anadolu" agentligi xabar berdi

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil davomida Karaman, Yozgat, Boyburt-Gyumyushxonda yangi aeroportlarni qurishga doir tenderlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 

"Mazkur loyiharning ketidan mamlakatning yana to‘rt provinsiyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaxabarlashuv yo‘lga qo‘yiladi. Shu bois 2017 yilni Turkiya aeroportlari yili, deb dadil aytish mumkin", - dedi vazir. 

Vazirlik rahbarining ta'kidlashicha, transport tuzilmasi - har qanday kuchli, farovon mamlakatning iqtisodiyotidagi ko‘plab sohalarga sezilarli hissa qo‘shuvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 14 yilda Turkiyada faol foydalaniladigan aeroportlar soni ikki barobardan ko‘proqqa (26 tadan 55 tagacha) oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: