Erdo‘g‘an Qatarning arab mamlakatlari talablariga doir pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi

Jahon 10:56 / 25.06.2017 9022

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an arab davlatlarining diplomatik ziddiyatni bartaraf etish borasida Qatarga qo‘ygan talablarining o‘rinsizligiga doir pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi. Reuters agentligi yakshanba kuni shu haqida xabar berdi

"Ular bizga o‘z talablari bo‘yicha murojaat qilishmagan bo‘lsa-da, Qatardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishini so‘rash Turkiyaga nisbatan haqoratdir", - dedi Erdo‘g‘an. 

Bundan avval Qatar arab davlatlarining diplomatik aloqalarni tiklashga doir talablarini imkonsiz deb topib, ularning terrorizmga qarshi kurashishga hech qanday bog‘liqlik joyi yo‘qligi, maqsad - mamlakat suverenitetini cheklashdan iborat ekanini bildirgan edi. 

Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzib qo‘ygan Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr aloqalarni tiklash uchun Dohaga 13 shart qo‘ydi. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, talablar orasida - Eron bilan diplomatik aloqalarni cheklash, Al Jazeera telekanalini yopish, Turkiya bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatish va mamlakatdagi turk harbiy bazasini bartaraf qilish kabilarni qayd etish mumkin. Bundan tashqari, Qatar bu mamlakatlarga pulli kompensatsiya to‘lashi zarur bo‘ladi. Bu talablar ro‘yxati Qatarga Kuvayt tomonidan yetkazilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: