Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila yuz berdi

Jahon 07:54 / 25.06.2017 4922

25 iyun ertalab Yaponiyaning markaziy qismida 5,7 magnitudali zilzila yuz berdi.

Yaponiya bosh meteorologik agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzilalar mahalliy vaqt bilan soat 07:02 da qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i Nagano prefekturasida kichik chuqurlikda bo‘lgan.

Shuningdek, yapon shkalasi bo‘yicha 5 balldan yuqori bo‘lgan zilzilalar 29 prefekturada, jumladan, Isikava, Gifu, Toyama, Kioto, Osaka, Xyogo, Sidzuoka va boshqalarda sezilib turgan. Tokioda zilzila kuchi bir ballga yaqinni tashkil qilgan. 

Zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarchililar haqida xabar kelib tushmagan. Tsunami hosil bo‘lish xavfi ham yo‘q.

Yaponiya markaziy qismida Yokogama shahri va Sidzuoka prefekturasi o‘rtasidagi hududda zilziladan keyin elektr energiya o‘chishi tufayli tezyurar poyezdlar qatnovi vaqtinchalik to‘xtab qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: