Albaniyada parlament saylovlari boshlandi

Jahon 15:50 / 25.06.2017 2648

Albaniyada Xalq kengashi (parlament) saylovlari boshlandi. Bu haqida mamlakatning Markaziy saylov komissiyasi xabariga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi

Manbaga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 07:00da 5 362 saylov uchastkasi ochilgan va ular soat 19:00ga qadar faoliyat ko‘rsatadi. 

Saylovda uch partiya kurash olib bormoqda - Edi Ramaning Alban sotsialistik partiyasi, Lyulzim Bashining Demokratik partiyasi va Petrit Vasilining Integratsiya sotsialistik harakati.

Ko‘proq yangiliklar: