Janubiy Koreya prezidenti: KXDRning Olimpiada-2018da qatnashishi tinchlikka xizmat qiladi

Jahon 17:37 / 24.06.2017 5176

Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inning fikricha, KXDR terma jamoasining 2018 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashishi Koreya yarim orolida tinchlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. U bu haqda shanba kuni, Janubiy Koreyaning Mujusida taekvondo bo‘yicha jahon chempionati ochilishida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Ryonxap agentligi.

"Men tinchlik o‘rnatuvchi sportning kuchiga ishonaman. Men Janub va Shimol o‘rtasida yangi ma'muriyat paytida birinchi sport almashinuvini ko‘rishdan xursandman", - dedi u.

Shuningdek, Mun Chje In ta'kidlashicha, KXDRning Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi “tinchlikni ilgari surish va kishilar o‘rtasida birlikka erishish kabi olimpiya qadriyatlarini hayotga tatbiq etishda yordam beradi”.

Bundan tashqari, uning eslatishicha, 2000 yilgi Sidneydagi yozgi Olimpiadada Janub va Shimol jamoalari musobaqaning ochilish hamda yopilish marosimlarida bitta bayroq ostida o‘tishgan. "Men bu masalada Xalqaro olimpiya qo‘mitasining qo‘llab-quvvatlovini olish istagidaman", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi prezident.

Ko‘proq yangiliklar: