Video: Hindistonda g‘azablangan fil avtomobilga hujum qildi 

Jamiyat 17:32 / 24.06.2017 11605

Hindiston janubida g‘azablangan fil avtomobilni to‘ntarib tashladi, baxtli tasodif tufayli qurbonlar bo‘lmadi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Hodisa mahalliy festival davomida ro‘y bergan. Jazirama ob-havo va shovqin hayvonni g‘azablantirgan, hamda egasi uni ushlab qola olmadi.

Fil to‘xtab turgan avtomobilga chopib keldi va bir harakat bilan uni to‘ntarib tashladi. Shundan so‘ng u bir necha mototsiklni ham ag‘darib tashlashning uddasidan chiqdi. Kishilar g‘azablangan hayvondan o‘zlarini olib qochishdi, shuning uchun hech kim jabrlanmadi.

Biroz keyinroq fil tinchlandi va egasining yoniga qaytib keldi.

Ko‘proq yangiliklar: