Turkiyadagi akvaparkda besh kishi halok bo‘ldi

Jahon 00:32 / 24.06.2017 12669

Turkiyaning shimoli-g‘arbida joylashgan akvaparkda tok urishi natijasida besh kishi halok bo‘ldi, ularning ikki nafari - bolalar. Yeni Safak gazetasi shu haqida xabar berdi

Manbaga ko‘ra, voqea Sakarya provinsiyasidagi Ak'yazi shahrida sodir bo‘lgan. Suzish havzasidagi bolalar uskunadagi nosozlik tufayli tok urishi natijasida halok bo‘lishdi. Katta yoshli uch kishi esa bolalarni qutqarishga urinib jon berdi. 

Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazildi, biroq shifokorlar ularga yordam ko‘rsata olishmadi. 

Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: