Tornado AQSh rahbariyati uchun mo‘ljallangan "qiyomat kuni samolyotlari"ga shikast yetkazdi   

Jahon 11:07 / 24.06.2017 16071

AQSh harbiy-havo kuchlarining Nebraska shtatidagi Offut bazasida tornado tufayli 10 ta samolyot, jumladan "qiyomat kuni samolyoti" deb ataluvchi ikkita Boeing E-4B samolyotlariga shikast yetkazildi. Bu samolyotlar katta ko‘lamli ixtilof holatida AQShning oliy rahbariyati uchun havodagi qo‘mondonlik punktlariga aylanishi ko‘zda tutilgan. CNN telekanalining ma'lum qilishicha, voqea 16 iyunda yuz bergan. 

Tornado shuningdek Boeing RC-135 rusumidagi 8 ta razvedkachi samolyotga ham shikast yetkazgan, ulardan 6 tasi ta'mirdan chiqarilib, topshiriqlarni bajarishga tayyor holatga keltirilgan. Bazada shuningdek daraxtlar ko‘porilib yuborilgan va binolarga shikast yetgan. 

AQSh harbiy-havo kuchlari kamida to‘rtta E-4B samolyotini doimiy shay holatda ushlab turadi. Bu samolyotlar AQSh prezidenti va mudofaa vaziri, AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi uchun mo‘ljallangan. Taxmin qilinishicha, bu samolyotlar yadro urushi vaqtida quruqlikdagi boshqaruv tuzilmalari barbod bo‘lgan holda qo‘llanishi mumkin. Bu samolyotlardan har birining narxi 200 mln dollar atrofida turadi.       

Ko‘proq yangiliklar: