Putin maxfiy razvedkadagi ish haqida gapirib berdi

Jahon 15:36 / 24.06.2017 26778

«Sobiq ittifoq tashqi razvedka organlaridagi barcha ishim nafaqat tashqi razvedka xizmati, balki aynan maxfiy razvedka bilan bog‘liq edi», - deya Putinning «Rossiya 1» telekanaliga bergan intervyusidan iqtibos keltirgan «Vesti.ru».

Putinning ta'kidlashicha, u bunday razvedkada qanday kishilar ishlashini biladi.

«Bu kishilar alohida xususiyatga, ajralib turuvchi fe'l-atvorga ega. O‘z yashab turgan tarzingiz, yaqinlaringizdan voz kechish va vataningizdan juda uzoq yilga chiqib ketish, o‘z umrini Vatanga xizmat uchun bag‘ishlash har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Buni faqatgina tanlanganlar qila oladi», - deya ta'kidlab o‘tdi Putin.

Shuningdek, Rossiya rahbari hozirgi kunda maxfiy razvedkada ishlayotgan rossiyalik josuslarga baxt va farovonlik tilagan.

Ko‘proq yangiliklar: