MDH davlatlarining 7 mingdan ziyod fuqarosi terrorizmga aloqadorligi sababli xalqaro qidiruvda

Jahon 00:01 / 24.06.2017 10670

Bugungi kunda MDH davlatlarining terrorchilik va ekstremistik xaraterdagi jinoyatlarni sodir etgan 7 mingdan ziyod fuqarosi xalqaro qidiruvda, ularning 2 ming nafari yollanma jangarilar hisoblanadi; ushbu shaxslarning fototekasini shakllantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, degan MDH aksilterror markazi (ATM) rahbari, general-polkovnik Andrey Novikov BMT bosh qarorgohida chiqish qila turib, deya xabar beradi RIA Novosti. 

«Shu yilning iyun oyigacha bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra, terrorchilik va ekstremistik xarakterdagi jinoyatlar sodir etgani uchun MDH davlatlarining 7 mingdan ziyod fuqarosi qidiruvda. Alohida qayd etishim lozimki, ularning ikki mingi — yollanma jangarilar, ya'ni uchinchi davlatlar hududida noqonuniy jangarilar guruhlari va xalqaro terrorchilik tashkilotlari tarkibida jangovar harakatlarda ishtirok etishgan. Ushbu shaxslarning fototekasini shakllantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda», — deya Novikovning so‘zlarini keltirmoqda MDH ATM matbuot xizmati.

Markazning muvofiqlashtiruvchi roli haqida gapirar ekan, Novikov barchaning diqqatini odil sudlovdan berkinib yurgan barcha terrorchilar, shuningdek, taqiqlangan terroristik va ekstremistik tashkilotlar haqidagi jamiki dolzarb ma'lumotlar Hamdo‘stlik davlatlari va xalqaro tashkilotlarning aksilterror tuzilmalaridan MDH ATM maxsus ma'lumotlar bankiga kelib tushayotganiga qaratdi.

«Bu yerda «Al-Qoida», IShID va «Tolibon» harakati kabi taqiqlangan tashkilotlar faoliyatiga daxldor insonlar haqidagi ma'lumotlar yig‘iladi. Ma'lumotlar bankiga real vaqt rejimidan MDHning barcha davlatlaridan masofadan turib ulanish mumkin», — dedi MDH ATM rahbari.

Ko‘proq yangiliklar: