Qatar Saudiya Arabistonida amalga oshirilmoqchi bo‘lgan teraktni qoraladi

Jahon 12:07 / 24.06.2017 7709

Qatar tashqi ishlar vazirligi maxsus bayonot bilan chiqdi, unda Makkadagi Masjid Al-Haromda terakt sodir etilmoqchi bo‘lgani qoralandi. Bu haqda muassasa saytida xabar berildi.

Vazirlik bayonotida ko‘rsatilishicha, bunday teraktni amalga oshirishga urinish nafaqat islom dining muqaddas joylariga hujum, balki, balki o‘ziga xos fitna hamdir. U millionlab musulmonlarga qarshi qaratilgandir.

«Qatar birodar qirollik Saudiya Arabistoniga birdamligini bildiradi va islomning muqaddas qadamjolarini saqlab qolishga yo‘naltirilgan barcha harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq Makkadagi Masjid Al-Haromda sodir etilmoqchi bo‘lgan teraktning oldi olingani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: