Qatar arab davlatlari talablarini bajarmasa, harbiy kuch qo‘llaniladimi?

Jahon 16:35 / 24.06.2017 10940

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) xorijiy ishlar bo‘yicha davlat vaziri Anvar Qarqashning ma'lum qilishicha, arab davlatlari Qatar talablar ro‘yxatini bajarishdan bosh tortsa, kuch usullarini qo‘llashmaydi. Bu haqda u Al Arabiya telekanaliga aytib o‘tdi.

"Bizda harbiy eskalatsiya rejasi yo‘q, bunga muqobil tarzda Qatarni yakkalatib qo‘yish mumkin", - dedi u. Ta'kidlanishicha, amirlik bilan qo‘shni bo‘lgan arab davlatlari “Qatar o‘z siyosatini o‘zgartirmasa, o‘zini o‘zi himoya qilishga haqli”. Shu bilan birga, diplomatning qayd etishicha, vaziyatdan diplomatik yo‘l orqali chiqish ustuvor bo‘lib turibdi. “Biz Doha bilan inqirozni diplomatik yo‘l orqali hal etishga hamon harakat qilmoqdamiz, - dedi u. – Ro‘y berayotgan holat, bu Qatar tomonidan terrorizm va ekstremizmning qo‘llab-quvvatlanishini to‘xtatish”.

Shuningdek, Qarqashning taxminicha, aynan Doha OAVga munosabatlar tiklanishi uchun taqdim etilgan talablar ro‘yxatini sizib chiqargan. Uning fikricha, bu qadam “Kuvaytning vositachilik sa'y-harakatlariga xalaqit berish, yoki siyosiy uzoqni ko‘ra bilmaslikni anglatadi”. "Bu talablarni arab davlatlari bilan muhokama qilish o‘rniga, ular hujjatni OAVga berishdi", - dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: