Xitoyda ko‘chki ostida 100 dan ko‘proq odam qolib ketdi

Jahon 07:59 / 24.06.2017 7864

Xitoyda ko‘chki yuz berishi oqibatida vayronalar ostida 100 dan ko‘proq odam qolib ketdi. Bu haqda China News tvitterda ma'lum qildi. 

Xabarda aytilishicha, ko‘chki Sichuan viloyatidagi Maosyan uyezdida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga qutqaruvchilar yuborilgan. Ma'lum qilinishicha, ko‘chki ostida 40 dan ko‘proq uy qolib ketgan.

Xitoyning People's Daily Online portali ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘chki Ngava-Tibet-Tsyan muxtor okrugidagi tog‘dan ko‘chgan va Ksinmo qishlog‘idagi 2 km lik hududni bosib qolgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘chki mahalliy vaqt bilan 24 iyun soat 06:00da sodir bo‘lgan.

CCTV telekanalining ma'lum qilishicha, tabiiy ofat kuchli yomg‘irlar sababli sodir bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: