Germaniyada ommaviy mushtlashuv, 15 politsiyachi jarohat oldi

Jahon 18:18 / 24.06.2017 6757

Germaniyaning Magdeburg shahrida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi, uning davomida 15 nafar politsiyachi jarohat oldi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.

24 iyunga o‘tar kechasi mast holatda bo‘lgan 150 kishi politsiyachilar bilan mushtlashuv keltirib chiqargan. Yosh yigitlar huquq-tartibot xodimlari bilan to‘qnashuv vaqtida ularga qarata tosh va shisha siniqlarini otishgan.

Mushtlashuv natijasida bir politsiyachi boshidan og‘ir jarohat oldi, yana 14 nafari yengil darajada jarohatlandi.

Vaziyatni nazoratga olish uchun hodisa joyiga yuzdan ortiq huquq-tartibot xodimlari yetib kelishgan.

Foto: Polizei  

Foto: Polizei 

Ko‘proq yangiliklar: