Hamid Karzay Afg‘onistonda terrorizm tarqalishida AQShni aybladi

Jahon 13:13 / 24.06.2017 21238

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzayning ma'lum qilishicha, AQSh Afg‘onistonda 16 yil davomida terrorizm tarqalishiga turtki bergan.

RIA Novosti’ning xabar berishicha, u bu haqda Pekindagi VI-Butunjahon tinchlik forumi doirasida chiqish qilib, ma'lum qildi.

«AQSh Afg‘onistonda bo‘lgan 16 yil davomida ekstremizm va terrorizmning o‘sishini oldini olmadi, hamda ular qandaydir yo‘l bilan boshqa ekstremistik guruh – IShIDning kengayishiga imkon berishdi», - deya ta'kidlab o‘tdi Karzay.

Afg‘oniston sobiq prezidentining qo‘shimcha qilishicha, «eng katta bomba» deya atalgan GBU-43 bombasining qo‘llanilishi mamlakatdagi terroristik tahdidning yanada oshishiga olib kelgan.

«Afsuski, bir necha kundan so‘ng IShID terrorchilik guruhi nafaqat yo‘q qilinmagani, balki aksincha – yanada keng tarqalganining guvohiga aylandik», - deya ma'lum qildi u.

Ko‘proq yangiliklar: