Zinedin Zidan - 45 yoshda (foto)

Sport 22:54 / 23.06.2017 19374

23 iyun kuni yaqin o‘tmishning afsonaviy futbolchisi, ayni paytda Madridning «Real» klubi ustozi Zinedin Zidan 45 yoshga to‘ldi.

Fransiya terma jamoasida to‘p surgan, kelib chiqishi jazoirlik bo‘lgan bu afsonaviy futbolchi o‘z karerasi davomida qo‘lga kiritmagan sovrini deyarli qolmagan.

U Fransiyada bo‘lib o‘tgan 1998 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati chempioni hisoblanadi. O‘sha yili Zizu jahonning eng yaxshi futbolchisi sifatida Frans futbol jurnali tomonidan ta'sis etilgan «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi. 2004 yilda esa u UYeFA tomonidan Yevropadagi so‘nggi 50 yilning eng yaxshi futbolchisi, deya tan olinadi.

«Real» bosh murabbiyi sifatida u bor-yo‘g‘i bir yarim yil ishlaganiga qaramasdan u tarixiy natijani qo‘lga kiritib bo‘ldi: «qaymoqranglilar»ni u ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasi sovrini sari muvaffaqiyatli boshlay oldi. Uning qo‘l ostida «Qirollik klubi» eng yangi tarixda bu natijani qo‘lga kiritgan ilk klub sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi.

Ko‘proq yangiliklar: