Venesuelada dori-darmon yetishmayotgani sababli kasallar vafot etmoqda

Jahon 09:21 / 23.06.2017 3833

Venesuelada 2016 yildan hozirgi kungacha zarur dori-darmonlar yo‘qligi sababli gemofiliya (qon ketishi bilan bog‘liq irsiy kasallik) bilan kasallangan kamida 22 kishi vafot etdi. Bu haqda Venesuelaning gemofiliya bilan kasallanganlar uyushmasi koordinatori Antonia Luke ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, ayni vaqtda yordam ko‘rsatishning yangi qoidalari sababli bu tashxisga ega 270 dan ko‘proq odamning hayoti xavf ostida qolmoqda.  

"Biz bevosita prezident Nikolas Maduroga, sog‘liqni saqlash vaziri Luis Chexade, Venesuela ijtimoiy sug‘urta instituti rahbari Karlos Rotondaro va inson huquqlari bo‘yicha vakil Tarek Vilyam Saabga murojaat qildik", deb aytmoqda Luke. Uning ta'kidlashicha, viloyatlarda yashovchi kasallarga ayniqsa qiyin bo‘lmoqda, chunki zarur dori-darmonlar u yerlarga muntazam yetkazilmaydi.

Muxolifat nazoratida bo‘lgan mamlakat parlamenti 2016 yil boshidayoq "sog‘liqni saqlash sohasida gumanitar inqirozni" e'lon qilgandi. Shifokorlar hamjamiyati vakillari, jumladan Tibbiyot federatsiyasi raisi Duglas Leon Natera dorilarning o‘tkir yetishmasligi va zaruriy yordamni ko‘rsatishdagi qiyinchiliklar haqida gapirib o‘tgandilar. Biroq hukumat darajasida bu ma'lumotlar inkor qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: