O‘zbekiston ijobiy taassurotlar indeksida yuqori o‘rindan joy oldi

O‘zbekiston 10:12 / 23.06.2017 13229

O‘zbekiston 2016 yil yakunlari bo‘yicha ijobiy taassurotlar Indeksida (Positive Experience Index) 3-5 o‘rinlarni band etdi. Indeks Gallup World tadqiqot tashkiloti tomonidan tayyorlandi.

Gallup World hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 82 indeks bilan 3-5 o‘rinlarni Panama va Filippin bilan bo‘lishib turibdi. Ta'kidlab o‘tish joizki, indeksga jahonning 142 davlati kiritildi.

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinni egallagan. Umumiy indeksda Paragvay birinchi pog‘onani band etgan bo‘lsa, Kosta-Rika ikkinchi o‘rindan joy oldi.

Shuningdek, O‘zbekiston eng salbiy hissiyotlar darajasiga ega davlatlar ro‘yxatiga ham kirdi (indeks - 14). Birinchi o‘rinda Qirg‘iziston.

Indeks dunyoning 142 davlati har birida yashovchi ming nafar kishini so‘rovdan o‘tkazish orqali tuzildi.

Ko‘proq yangiliklar: