Tramp AQShning Buyuk Britaniyadagi elchisi lavozimiga futbol klubi egasini taklif qildi

Jahon 09:31 / 23.06.2017 5148

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyadagi elchisi lavozimiga Milliy futbol ligasining New York Jets klubi egasi Robert Vud Jonson nomzodini taklif qildi. Jonson Trampni uning saylovoldi kampaniyasi davomida faol qo‘llab-quvvatlagan. 

Trampning bu qarori haqida Oq uy ma'lum qildi. 70 yoshli Jonson taniqli amerikalik biznesmen va sahovatpesha bo‘lib, u 30 yildan ko‘proq vaqtdan beri aktivlarni boshqarish bo‘yicha xususiy kompaniyani boshqarib keladi va Respublikachilar partiyasining asosiy homiylaridan biri hisoblanadi.

Endi Jonsonning nomzodi AQSh senati tomondan tasdiqlanishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: