Shimoliy Koreyada 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlari qator bahslari o‘tkazilishi mumkin

Sport 14:05 / 23.06.2017 6421

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlarining qator musobaqalarini KXDRda o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilishga tayyor, deb xabar bermoqda RT.

«Olimpiya harakati – bu devorlar emas, balki ko‘priklar qurish tarixidir. Biz bu g‘oyani XOQning Janubiy Koreyaga navbatdagi tashrifi davomida tashkiliy qo‘mita bilan muhokama qilishga tayyormiz», - deya Janubiy Koreya sport vaziri To Chjon Xvan so‘zlarini keltiradi Kyodo.

Avvalroq Janubiy Koreya 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishda KXDR bilan hamkorlik qilishi mumkin ekani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: