«Paxtakor»da pul bilan bog‘liq muammo yo‘q. Stadion qaytadan quriladi

Sport 19:54 / 23.06.2017 38867

Toshkentning «Paxtakor» klubi bugun — 23 iyun kuni bosh murabbiy Shota Arveladze hamda yangi legioner Marko Simichni jamoatchilikka rasman tanishtirdi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida klub prezidenti Bobur Shodiyev ishtirok etib, kelgusi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Uning ma’lum qilishicha, «Paxtakor» stadioni qaytadan quriladi.

«Stadion butunlay boshqatdan quriladi. Qibraydagi qarorgoh qayta rekonstruksiya qilinadi. Loyihalar tuzilgan, rahbariyat bilan kelishib ishlaymiz.

«Paxtakor»da bundan buyog‘iga pul bilan bog‘liq muammo bo‘lmaydi. Endi yevropacha ishlaymiz. Homiylarga keladigan bo‘lsak, ularning barchasi xususiy tadbirkorlar. Holding bor. Bu holding tarkibida bir nechta korxonalar mavjud. Farmatsevtika, sug‘urta va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan korxonalar. Yuqori darajadagi jamoa tashkil etiladi», deya Shodiyevning so‘zlarini keltirgan «Tribuna.uz».

Ko‘proq yangiliklar: