Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqidagi ma'lumotlar ularning qarindoshlariga yetkaziladi

O‘zbekiston 14:35 / 23.06.2017 18857

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 22 iyun kuni avtobus ag‘darilishi oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlangan o‘zbekistonliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlar ularning qarindoshlariga yetkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

22 iyun kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida, «Samara—Chimkent» yo‘lining 946-kilometrida ikki qavatli Mercedes avtobusi ag‘darilib ketishi oqibatida to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, 17 nafari turli darajada tan jarohati olgan, ulardan besh nafari kasalxonaga yotqizilgan (avtobusda jami 52 kishi bo‘lgan).

«Halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risidagi ma'lumotlar ularning oila a'zolari va yaqinlarini xabardor qilish uchun O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining bo‘limlari va viloyat hokimliklariga yuborildi», — deyilgan O‘zbekiston TIV axborotida.

Halok bo‘lganlar ro‘yxati:

Jumayev Toshtemir Ahmadovich, 24.07.1988 yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Surxondaryo viloyati, Bandixon tumani, «Bandixon» qishloq fuqarolar yig‘ini (QFY), Qizilqaloq ko‘chasi.
Ergashev Muzaffar Abubakirovich, 22.04.1991 yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Jizzax viloyati, Zarbdor tumani.
Qahhorov O‘lmasbek Bo‘ronboyevich, 17.03.1982 yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Andijon viloyati, Marhamat tumani, «Ko‘tarma» QFY), Kichik Ko‘tarma ko‘chasi.
Aliyev Shohruxbek Shavkat o‘g‘li, 22.11.1990 yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Andijon viloyati, Bo‘z tumani, «Xovas» QFY, Zavroq ko‘chasi.
Mo‘minov Abdurasulxon Parpiyevich, 12.10.1984 yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani, «Zarbdor» QFY.
Xolboyev Anvarjon Akramjonovich, 30.08.1988 yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumani, «Qatortol» QFY, Pinaj ko‘chasi.
Tursunov Qudratali Rustamaliyevich, 20.06.1981 yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Namangan viloyati, Chust tumani, «Sho‘rkent» QFY.
Qurbonov Iqboljon Ilhomjonovich, 13.05.1987 yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, «Mexnatobod» QFY.
Qodirov Zohidjon Zoirovich, 15.04.1982 yilda tug‘ilgan, propiskaga olingan manzili: Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, «Yakkatut» QFY.

Ko‘proq yangiliklar: