Kia Rossiya bozoriga mo‘ljallangan yangi Rio’ni taqdim etdi

Fan-texnika 16:01 / 23.06.2017 9789

Kia kompaniyasi Rossiya bozoriga mo‘ljallangan yangi avloddagi Rio sedanini rasman taqdim etdi. Yukxonasi hajmi 20 litrga kamaygan model premerasi Sankt-Peterburgdagi yopiq tadbirda bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Autonews.

Yangi Rio’ning uzunligi 4400 millimetrga, kengligi esa - 1740 millimetrga teng. G‘ildirak bazasi 2600 millimetrni tashkil etadi. Avvalgi avloddagi modelning uzunligi 4377 millimetr, kengligi - 1700 millimetr, g‘ildirak bazasi esa - 2570 millimetr edi. Sedanning yo‘l ko‘rish imkoniyati o‘zgarmagan va 160 millimetrga teng.

Model yukxonasi biroz kichrayganiga qaramay, salondagi joy kengligi oshdi. Masalan, ikkinchi qatordagi yo‘lovchilar oyog‘idan oldingi o‘rindiqqa qadar bo‘lgan masofa 24 millimetrga, yelkalar kengligi esa 18 millimetrga oshdi.

Byudjyetli sedanda yonilg‘i baki (43 dan 50 litrgacha) va old oynani yuvish uchun suyuqlik bakchasi hajmi ham oshdi (to‘rtdan 4,6 litrgacha).

Kia Rio motori so‘nggi avloddagi Hyundai Solaris sedaniga o‘xshash bo‘ladi: ikkita benzinli 1,4 va 1,6 litrlik ish hajmiga ega “to‘rttalik”. Birinchisi 100 ot kuchini bersa, ikkinchisi – 123. Har ikki qurilma ham olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yoki olti diapazonli “avtomat” bilan uyg‘un holda ishlaydi.

Yangi avloddagi Kia Rio’da yetti dyuymli sensorli ekranga ega multimediali tizim, Apple CarPlay va Android Auto, orqa tomonni ko‘rish kamerasi, burilishlarni yoritish funksiyasi mavjud, salonning ichki qismi charm bilan qoplangan, orqa o‘rindiqlar isitiladi, shuningdek, shinalardagi harakatni nazorat qilish tizimi bor. 

Sedan tez orada Hyundai-Kia’ning Sankt-Peterburgdagi korxonasida ishlab chiqarila boshlanadi. Yangilik joriy yilning uchinchi choragidan sotuvga chiqishi mo‘ljallangan. Uni narxi hozircha noma'lum.

 

Ko‘proq yangiliklar: