Islom Karimov tug‘ilgan xonadonda iftorlik dasturxoni yozildi (video)

Jamiyat 22:14 / 23.06.2017 83966

22 iyun kuni Samarqand shahridagi Bibixonim ko‘chasi 124-uyda, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tug‘ilgan xonadonda muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni yozildi.

Ushbu xayrli tadbirga Samarqand shahri ahli, qolaversa, boshqa yerlardan ham mehmonlar tashrif buyurishdi. Qorilar tomonidan Allohning kalomi qiroat qilinib, uning savobi Islom Karimov ruhiga bag‘ishlandi. Bundan tashqari, iftorlikka qadam ranjida qilgan mehmonlar ham Birinchi Prezident haqiga duoga qo‘l ochishdi.

Eslatib o‘tamiz: mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentabr kuni, 78 yoshida hayotdan ko‘z yumgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: